1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘lchovli yangi oltin quymalar sotuvga chiqarilmoqda

Ular maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi.

O‘lchovli yangi oltin quymalar sotuvga chiqarilmoqda

Markaziy bank aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini yana-da oshirish hamda qimmatbaho metallar muomalasini kengaytirish maqsadida 2025 yilning 17 yanvaridan boshlab 5, 10, 20, 50 grammli o‘lchovli oltin quymalarga qo‘shimcha ravishda og‘irligi 100 gramm bo‘lgan oltindan tayyorlangan o‘lchovli quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda.

 

Quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajarib o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi. Oltin quymalarning sotish narxlari har kuni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida milliy valyutada eʼlon qilib boriladi.

 

Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida quyma egasiga to‘lovni amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.

 

Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov to‘lab beriladi.

 

Qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика