1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Luis Suares faoliyatini Argentinada davom ettiradi

Hujumchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Luis Suares faoliyatini Argentinada davom ettiradi

 

 

Xabarlarga ko‘ra, 35 yoshli hujumchi “River Pleyt” bilan kelishuvga erishgan. Suares kelayotgan dam olish kuni so‘nggi hujjatlarni imzolash uchun Buenos-Ayresga boradi. Shundan so‘ng klub transferni rasman eʼlon qiladi. Urugvaylik hujumchi 2022 yilgi Jahon Chempionatiga yaxshi formada borishni rejalashtirgan.

 

Saures yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. Uning “Atletiko” bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetdi. Avvalroq hujumchiga “Atalanta”, “Aston Villa” va “Inter Mayami” kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

 

Eslatib o‘tamiz, Luis Suares 2021/22 yilgi mavsum La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика