1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Lutfixonim Sarimsoqovaning xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

Kecha aktrissa tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan.

Lutfixonim Sarimsoqovaning xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida o‘zbek teatri va kinosining yirik vakili, O‘zbekiston xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqovaning tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova, teatrshunos olima, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Marfua Hamidova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mashhur kinorejissyor Qamara Kamalova, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Nigora Karimova, taniqli olimlar, sanʼat va kino arboblari, professorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Kechada Lutfixonim Sarimsoqovaning boy ijodiy merosi, hayoti va sanʼatdagi o‘rni haqidagi hujjatli filmlar namoyish etildi. Shuningdek, “ART Hause Hamsa” teatr studiyasi tomonidan aktrisaning hayoti va davrini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiq va raqslar jonli ijroda taqdim qilindi.

 

Lutfixonim Sarimsoqova — lirika va epik obrazlarni, mehribon onalar, qahramon va salbiy qahramonlarni betakror ifoda eta olgan, xalq yuragida o‘chmas iz qoldirgan sanʼatkor sifatida yodda qolgan.

 

Uning “Qasam”, “Mahallada duv-duv gap”, “Sen yetim emassan” kabi filmlardagi rollari, “Arshin mol alin”, “Farhod va Shirin”, “Malikai Turandot” kabi sahna asarlaridagi obrazlari bugungi kunda ham tomoshabinlar yodidan chiqmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика