1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Makron prezidentlikdan chetlatilishi mumkin

Milliy assambleya bu bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini maʼqulladi.

Makron prezidentlikdan chetlatilishi mumkin

Fransiya Milliy assambleyasi byurosi mamlakat Prezidenti Emmanuel Makronga nisbatan impichment jarayonini boshlash bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini maʼqulladi.

 

Qayd etilishicha, Milliy uyushma byurosi Emmanuel Makronni hokimiyatdan chetlatish rejasini maʼqullagan.

 

Makronni hokimiyatdan chetlatish taklifini “Yengilmas Fransiya” so‘l partiyasi ilgari surgan. Endilikda parlament quyi palatasining oliy kollegial organi bo‘lgan Milliy uyushma byurosida 22 nafar aʼzodan 12 nafari so‘l partiya vakillari bo‘lib, xabar qilinganidek, rezolyutsiyani qabul qilish uchun ulardan 12 nafari ovoz bergan.

 

Agar rezolyutsiya ushbu bosqichdan o‘tsa, parlamentning har ikki palatasi umumiy yig‘ilish o‘tkazadi. Mazkur rezolyutsiyani 925 nafar deputatdan kamida 617 nafari qo‘llab-quvvatlasa, Makron zudlik bilan prezidentlik lavozimini tark etishi kerak bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика