1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Meksikada avtobus halokati 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Hodisa joyida tergov ishlari boshlangan.

Meksikada avtobus halokati 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Meksikaning shimoli-sharqida joylashgan Nuevo-Leon shtatidagi Hualaxuises shaharchasida avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlarini oldi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralari xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojea avtobus haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida sodir bo‘lgan. Transport vositasi yuqori tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan va yo‘l chetidagi chuqurlikka qulab tushgan. Hodisa joyiga bir necha daqiqalar ichida tez yordam mashinalari, o‘t o‘chiruvchilar va politsiya yetib kelgan.

 

Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi kasalxonalarga yetkazilgan. Ulardan ba'zilari og‘ir ahvolda bo‘lib, shifokorlar ularning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

 

YTH yuzasidan rasmiy tergov ishlari boshlangan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yo‘lning namligi yoki transport vositasining texnik nosozligi halokatga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Mahalliy hokimiyat fojia yuzasidan chuqur hamdardlik bildirib, qurbonlarning oila a'zolariga zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика