1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Meksikada parranda gripi bilan kasallangan birinchi odam aniqlandi

Hozircha virusning odamdan odamga yuqish holatlari qayd etilmagan.

Meksikada parranda gripi bilan kasallangan birinchi odam aniqlandi

 

Meksika sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda parranda gripi— H5N1 bilan kasallangan ilk bemor aniqlanganini ma’lum qildi. Kasallik Durango shtatida yashovchi uch yoshli qizchada qayd etilgan.

 

Rasmiy bayonotga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel kuni H5N1 virusi Diagnostika va epidemiologik nazorat instituti tomonidan tasdiqlangan. Bemor dastlab oseltamivir preparati bilan davolangan bo‘lib, u Torreon shahridagi uchinchi darajali kasalxonaga og‘ir ahvolda yotqizilgan.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’kidlashicha, mazkur holat Meksikada ushbu virus odamga yuqishining birinchi tasdiqlangan holati hisoblanadi.

 

Biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Meksika rasmiylari hozircha virusning odamdan odamga yuqishi haqida hech qanday dalil yo‘qligini bildirgan. Shuningdek, yaxshi pishirilgan parranda go‘shti va tuxum iste’mol qilish sog‘liq uchun xavf tug‘dirmasligi yana bir bor ta’kidlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика