1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Merino uchun yana bir klub kurashga qo‘shildi

Futbolchiga APL jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Merino uchun yana bir klub kurashga qo‘shildi

 

Ispaniya terma jamoasi va "Real Sosyedad" klubi yarim himoyachisi Mikel Merino ayni damda bir qator grand klublar nishonida bo‘lib turibdi.

 

Endilikda, Merino uchun "Atletiko" Madrid jamoasidan takliflar bor. Madridliklar markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida va klub "Real Sosyedad" yetakchisini sotib olmoqchi. San-Sebastyan klubi futbolchi uchun 30 million yevro talab qilyapti. "Atletiko" esa 24 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilgan.

 

Ammo Madrid klubining asosiy transfer maqsadi "Chelsi" futbolchisi Konor Gallaxer bo‘lib, London jamoasi keyingi yil shartnomasi tugaydigan futbolchidan foyda ko‘rishni xohlaydi. Agar "Atletiko" Gallaxerni sotib ololmasa, bor e’tiborini Merinoga qaratadi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Merino uchun ayni damda "Arsenal", "Aston Villa" kabi klublar jiddiy qiziqish bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика