1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Messi 40 yoki 45 yoshida ham dunyoning eng yaxshi futbolchi bo‘lib qolishiga shubham yo‘q”

Futbolchining jamoadoshi u haqda fikr bildirdi.

“Messi 40 yoki 45 yoshida ham dunyoning eng yaxshi futbolchi bo‘lib qolishiga shubham yo‘q”

 

“Brayton” va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Lionel Messining 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

 

 

“U biz xohlagancha va imkoni boricha hamma narsani yutishni xohlayotganimizni biladi, shuning uchun u biz bilan o‘ynashda davom etishiga umid qilaman. Shubhasiz, men Messini keyingi jahon chempionatida ko‘raman. 40 yoki 45 yoshida u dunyoning eng zo‘ri bo‘lib qolishda davom etishiga shubham yo‘q. U juda professional, buni uning ajoyib jismoniy holatida ko‘rish mumkin”, — deb Mak Allister

 

JCH-2026 da Lionel Messi 39 yoshga to‘ladi. 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida argentinalik futbolchi faoliyatida ilk bor ushbu turnir g‘olibiga aylandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика