1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Miyasiga chip o‘rnatilgan bemor fikrlash kuchi bilan post yozdi

Ilon Mask bu postni tarixiy deb baholamoqda.

Miyasiga chip o‘rnatilgan bemor fikrlash kuchi bilan post yozdi

Miyasiga Neuralink chipi o‘rnatilgan bemor Nolan Arbo fikrlash kuchi bilan birinchi marta ijtimoiy tarmoqda post yozdi. Bu haqda Ilon Mask X tarmog‘ida xabar bermoqda.

 

“Neuralinkning Telepathy implantidan foydalangan holda oddiygina fikrlash vositasida tarixda birinchi bor post qoldirildi”, dedi Mask.

 

29 yoshli Nolan Arbo sakkiz yil oldin baxtsiz hodisaga uchragan, shundan sung yelkasidan pastki qismi hech narsani sezmay qolgan. Endi u o‘z noutbuki ekranidagi shaxmat taxtasidagi kursorni fikr kuchi bilan harakatga keltira oladi, donalarni qayta tartibga soladi.

 

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Ilon Mask Neuralink implantining odam miyasiga muvaffaqiyatli implantatsiyasini eʼlon qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика