“O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yana-da oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.
Inspeksiyada byudjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi (40 ta shtat birligidan iborat) tashkil etiladi.
2022-yil 1-apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot to‘lanadi.
2022-yil 1-noyabrgacha Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.
2022-yil 1-noyabrdan Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.


