1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Muqaddas ziyoratga aralashgan korrupsiya

Saudiya Arabistoniga muborak safar.

Muqaddas ziyoratga aralashgan korrupsiya

 

 Bu deyarli barcha mo‘min-musulmonlarning orzusi. Shu bois ham yurtimizda Haj va Umra ziyoratiga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Biroq oramizda mana shunday ulug‘ safarga borish uchun noqonuniy yo‘lni tanlayotganlar ham yo‘q emas.   

 

Xususan, Marg‘ilon shahrida fuqaroni Haj safariga jo‘natishni vaʼda qilib, undan 500 AQSH dollar pul olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2020 yilning noyabr oyida M.M., S.Z.ning ishonchiga kirib, 500 AQSH dollar evaziga uni Haj safariga jo‘natishni aytadi. Firibgar M.M. vaʼdasini bajarmay, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuboradi.

 

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Firibgar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq korrupsionerlar besh oyda 450 milliard so‘m zarar yetkazgani  hamda  korrupsiyaga qo‘l urgan shaxslarga jazo yengillashtirilmasligi haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика