Bugun, 2-iyun kuni Namangan viloyatida Neksiya avtomobili yonib ketdi. Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on-Mingbuloq avtomobil yo‘lining 44-kilometrida To‘raqo‘rg‘on tumaniga harakatlanib ketayotgan Neksiya rusumli transport vositasida qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. FVB xodimlari tomonidan yong‘in bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Spark avtomashinasi yonib ketgandi. Oqibatda avtomashinaning saloni, matori va kuzovi to‘liq yonib, zararlangan.


