1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO Ruminiyaga yordam qo‘lini cho‘zdi

Ular birgalikda Ukraina bilan chegarada havo mudofaasini kuchaytirmoqda.

NATO Ruminiyaga yordam qo‘lini cho‘zdi

 

NATO Ukraina bilan chegarada Rossiyaning dron hujumlaridan himoyani kuchaytirish uchun Ruminiyani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan taʼminlaydi. Bu haqda prezident Klaus Yoxannis maʼlum qildi.

 

Siyosatchining taʼkidlashicha, Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari g‘alla inshootlariga hujum qilayotgan Ukraina chegarasiga yaqin hududda qo‘shimcha havo mudofaa tizimlari joylashtiriladi. Uning davlati bu masala bo‘yicha "aniq javoblar" olgan.

 

“Biz NATO bilan mintaqada dronlardan qo‘shimcha mudofaani taʼminlash uchun ishlayapmiz”, dedi prezident.

 

Eslatib o‘tamiz, 26 sentyabr kuni Rossiya Dunay daryosidagi Ukraina porti infratuzilmasiga, shuningdek, Ruminiya bilan chegaradagi parom o‘tkazish punktiga dronlar bilan hujum qilgan edi. Zarba natijasida nazorat-o‘tkazish punktining faoliyati kun bo‘yi to‘xtatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика