1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiy hokimi jigar sirroziga сhalingan bolaga 50 mln ajratdi

Viloyatda o‘tkazilgan ommaviy qabulda, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning jarrohlik amaliyoti uchun 43 mln beriladigan bo‘ldi.

Navoiy hokimi jigar sirroziga сhalingan bolaga 50 mln ajratdi

 


Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, 3 kunlik ommaviy ommaviy qabul o‘tkazdi.

 

Mazkur jarayonda Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi mas’ullari 67 ta masalani ko‘rib chiqib, ularning 32 tasini joyida hal qildi. Murojaatlar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana, Tomdi, tumanlari, Zarafshon shahar sudlari tashkil qilgan sayyor sud majlislarida 9 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi, 9 nafarining jazosi yengilrog‘iga almashtirildi.


Bosh prokuratura mas’ullari tergov-surishtiruv, sud qarorlari ijrosi, tadbirkorlik, kredit ajratish va ishga joylashish kabi masalalarga oid 131 ta murojaatning 43 tasini joyida hal qildi. Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi karmana tumani bo‘limiga murojaat qilgan Sanobar Rahmonova ma’lum sabablar bilan oilasidagi kelishmovchilik tufayli ajrashishga qaror qilgandi. U va turmush o‘rtog‘i o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilgach, ajrim yoqasiga kelib qolgan oila yarashtirildi.


Ichki ishlar vazirligi mas’ullari qabullarda 144 ta masalani ko‘rib chiqib, ularning 61 tasini joyida hal qildi. Xususan, Zarafshonlik 21 yoshli Jonibek Yarashev sohada ishlash ko‘p yillik orzusi ekanini aytgach, u Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy” mahallasi profilaktika inspektori yordamchisi vazifasiga ishga qabul qilindi.


Adliya vazirligi mas’ullari sud-huquq masalalarga oid 67 ta murojaatning 30 tasini joyida hal qildi. Jumladan, Konimexlik tadbirkor Tursun Isayevga adliya organlariga qilgan murojaatidan so‘ng davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan savdo do‘koni uchun kompensasiya ajratiladigan bo‘ldi.


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilariga murojaatidan so‘ng Xatirchilik Nurxon Jo‘rayeva ham avvalgi ish joyi – Navoiy davlat pedagogika institutiga ishga qaytdi. 2019 yilda oilaviy sharoiti tufayli Navoiy davlat  pedagogika institutidan o‘qishdan chetlatilgan navbahorlik Zarifa Shomurodovani ham o‘qishga tiklash masalasi shu yerda hal etildi.


Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullariga qabullar davomida jami 102 murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 83 tasi ijobiy yechim topdi. O‘tgan yili onkologik kasallikni yengib o‘tgan zarafshonlik Zulfiya Ummatovaning to‘liq sog‘lom hayotga qaytishi uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazishi uchun yo‘llanma ajratildi.


Uzoq yillardan beri xastalik bilan kurashib kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj Olmaxon Boltayevaga jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 43 million so‘m ajratiladigan bo‘ldi.


Viloyat hokimligi mas’ullari tomonidan 200 ta murojaat tinglanib, shundan 58 tasi joyida xal etildi. Xususan, murojaatidan so‘ng ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisada tan jarohati olgan 2-guruh nogironi Jalil Temirovga moddiy yordam ko‘rsatilib, uning ayoli tikuvchilik syexiga ishga joylashtirildi.


Qiziltepalik Qo‘zi Ibragimov esa jigar syerrozi bilan og‘rib kelayotgan farzandida o‘tkazilishi zarur bo‘lgan jarrohlik operasiyasi uchun moliyaviy yordam so‘rab murojaat qildi. Viloyat rahbarining qarori bilan unga 50 million so‘m ajratiladigan bo‘ldi.


Respublika ishchi guruhining Navoiy viloyatidagi ommaviy qabullarida 1 ming 713 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning 743 tasi joyida hal qilindi. 306 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan 664 ta masalani hal qilish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, Prezident Administrasiyasi va Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика