Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev global yadro xavfsizligi masalasi bilan shug‘ullanishda davom etayotganini maʼlum qildi.
"Isteʼfoga chiqqanimdan so‘ng, men bilan ko‘plab davlat rahbarlari bog‘landi va o‘z mamlakatiga taklif qildi. Ulardan minnatdorman. Ularning ayrimlari bilan aloqalarni saqlab qolganman. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Turkiy davlatlar tashkilotining yaratilishida bevosita qatnashganman va ular meni faxriy rais sifatida saylagan.
Shu bilan birga global yadro xavfsizligiga eʼtibor qaratyapman. Mening topshirig‘im bilan Semipalatinsk yadro poligoni yopilgach, Qozog‘iston yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatiga aylangandi", deb qayd etgan Nazarboyev siyosatshunos Daniyar Ashimbayevga bergan intervyusida.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


