1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

 

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Unga muvofiq, 2023 yilda:

 

— muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;

— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul taʼminlanadi.

 

2023 yil 1 sentabrdan nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.

 

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.

 

2023 yil 1 maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarga:

 

— bolaning yonida bo‘lish uchun sharoit yaratiladi;

— mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

 

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi bo‘lgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.

 

“Yuridik yordam” axborot tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul huquqiy yordam berish uchun alohida murojaat bo‘limi yaratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика