1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Norvegiya chempionatida eng yaxshi futbolchiga tuxum berildi

Kelajakda ham o‘yinchilarga ferma mahsulotlari berilishi mumkin.

Norvegiya chempionatida eng yaxshi futbolchiga tuxum berildi

 

Norvegiyaning "Bryne FK" klubi darvozaboni Yan de Bur mamlakat chempionati birinchi turida jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. G‘alaba qozonilmaganiga qaramay, u uchta muhim save amalga oshirdi va muvaffaqiyatga katta hissa qo‘shdi.

 

Qizig‘i shundaki, de Burga odatiy kubok yoki medal emas, balki homiy fermer xo‘jaligi tomonidan 4 quti tuxum sovg‘a qilindi. Bu klubning "fermerlar jamoasi" deb atalishi bilan bog‘liq anʼanalarning bir qismi hisoblanadi.

 

“Bryne FK” matbuot xizmati ushbu g‘ayrioddiy sovg‘ani izohlab, kelajakda ham o‘yinchilarga mahalliy ferma mahsulotlari taqdim etilishi mumkinligini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика