1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukusda ota 110 mln so‘m aliment qarzini to‘ladi

Uning chetga chiqish huquqi cheklangach, qarzni to‘lashga majbur bo‘lgan.

Nukusda ota 110 mln so‘m aliment qarzini to‘ladi

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2022-yil 11-mart kungi ijro hujjatiga asosan undiruvchi X.G.ning foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandining taʼminoti uchun, qarzdor Yu.A.dan uning har oydagi jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

 

Qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelmaganligi oqibatida uning sobiq turmush o‘rtog‘i oldidagi qarzdorligi 110 mln so‘mdan oshib ketgan.

 

Shu sababli, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga cheklov o‘rnatilib, uni maʼmuriy javobgarlikga tortish maqsadida tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Shuning natijasida qarzdor joriy yilning 21 noyabr kuni Byuroning Nukus shahar bo‘limiga kelib 110 mln. so‘m qarzdorlikni undiruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика