Nukus shahridagi 46-sonli umumtaʼlim maktabining 64 nafar o‘quvchisi IELTS sertifikatini olishga erishdi. Bu haqda respublika Jo‘qorg‘i Kengesi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, o‘quvchilar 5,5 balldan 8 ballgacha to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi.
Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosidagi umumtaʼlim maktablari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.


