1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nyu-York yaqinida vertolyot halokatga uchradi

Voqea joyida olti kishi halok bo‘lgan.

Nyu-York yaqinida vertolyot halokatga uchradi

Nyu-York shahri yaqinida ro‘y bergan fojiali hodisada vertolyot Gudzon daryosiga qulab tushdi. Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, voqea oqibatida olti kishi halok bo‘lgan. Nyu-York meri bu ma’lumotni tasdiqladi.

 

Halokat tafsilotlari hozircha to‘liq ma’lum qilinmagan, ammo vertolyotdagi barcha yo‘lovchilar voqea joyida halok bo‘lgan. Qutqaruv xizmatlari hodisa yuz bergan hududda tergov ishlarini olib bormoqda.

 

Hozirda voqeaning sabablari aniqlanmoqda. AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi va Milliy transport xavfsizligi kengashi surishtiruvga jalb etilgan. Hodisa jamoatchilikda katta rezonans uyg‘otdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика