1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik erkak bayramda ayoliga kutilmagan "sovg‘a qildi"

U xotiniga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik erkak bayramda ayoliga kutilmagan "sovg‘a qildi"

 

Nyu-York shahrida xotiniga pichoq o‘qtalib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan o‘zbekistonlik erkak politsiya xodimlari tomonidan otib tashlangan. Hodisa 8 mart bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda sodir bo‘lgan. Oilaga yaqin bo‘lgan odamlar erkakda ruhiy tomondan muammolar bo‘lganini aytishgan.



Hodisa 2024 yil 8 mart kuni sodir bo‘lgan. Nyu-Yorkning Kvins dahasida uyushtirilgan 8 mart bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda samarqandlik ekani aytilayotgan er-xotin Jamshid Neʼmatov va Amira Neʼmatova janjallashib qolgan.

 

Janjal asnosida erkak xotiniga pichoq bilan zarba bergan va uni og‘ir jarohatlagan.

 

Voqea joyiga yetib kelgan Nyu-York politsiyasi xodimlari jahl otiga mingan erkakdan qo‘lidagi pichoqni tashlashni talab qilgan. Oila boshlig‘i talabga bo‘ysunmagach, politsiya xodimlari unga o‘q uzishga majbur bo‘lgan.

 

Oqibatda asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Jamshed Neʼmatov halok bo‘lgan. Uning tan jarohati olgan xotiniga kasalxonada og‘ir jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, er-xotin uzoq yillardan buyon birga yashab kelgan va ularning 4 nafar farzandi bo‘lgan. Farzandlaridan to‘ng‘ich qizi 23, ikkinchi qizi 20, o‘g‘illari 17 va 14 yoshda ekani aytilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика