1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Olimlar uzoq umr ko‘rishning yangi sirini aniqlashdi

Nutq ravonligi sekin qarish belgisi bo‘lishi mumkin.

Olimlar uzoq umr ko‘rishning yangi sirini aniqlashdi

 

Jeneva universiteti olimlari nutq ravonligi organizmning biologik qarish jarayoni bilan bog‘liq ekanini aniqladilar. Tadqiqotga ko‘ra, tez va ravon gapiradigan insonlar sekinroq qarishga moyil bo‘lib, uzoq umr ko‘rish ehtimoli yuqoriroq.

 

Tadqiqot Berlin qarish loyihasi doirasida olib borilib, unda 70 yoshdan 105 yoshgacha bo‘lgan 516 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning kognitiv va ijtimoiy salomatligi o‘rganilib, biologik qarish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar baholandi.

 

Eksperiment davomida ko‘ngillilar to‘qqiz xil kognitiv testdan o‘tishdi. Olimlar og‘zaki ravonlik, idrok etish tezligi, og‘zaki bilim va epizodik xotiraning umr davomiyligi bilan bog‘liq jihatlarini tahlil qildi. Sun’iy intellekt modeli yordamida natijalar tahlil qilinib, nutq ravonligi uzoq umr ko‘rishning muhim belgilaridan biri ekani aniqlandi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tez va mantiqiy gapirish murakkab kognitiv jarayondir. Bu lug‘at boyligini, uzoq muddatli va vizual xotirani faol ishlatishni talab qiladi hamda miyadagi umumiy faoliyat samaradorligini aks ettiradi.

 

Shuningdek, olimlar jismoniy salomatlik aqliy va hissiy farovonlik bilan chambarchas bog‘liqligini qo‘shimcha qilishdi. “Agar ushbu sohalar birgalikda zaiflasha boshlasa, organizmning biologik va tibbiy tanazzuli yuzaga chiqadi”, deya ta’kidlaydi tadqiqotchilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика