Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi iyul oyida Ostonadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi aviakompaniya.
Qayd etilishicha, 3 iyuldan boshlab Ostona va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar qulay Airbus A320 samolyotlarida dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Chiptalar narxi 21 800 tengedan (544 ming so‘m) boshlanadi.


