1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ota farzandi uchun salkam  370 million so‘m aliment to‘ladi

Maʼlumki, voyaga yetmagan farzandini moddiy va maʼnaviy tomondan taʼminlash, tarbiyalash har bir ota-onaning burchi. Ammo ayrim tushunmovchiliklar, janjallar sabab ajrimi soni ko‘payib, oqibatda, norasida go‘daklarning ko‘ngli kemtik bo‘lib o‘smoqda.

Ota farzandi uchun salkam  370 million so‘m aliment to‘ladi

 

 

Qayd etilishichaSamarqand viloyati Narpay tumanida o‘z otalik burchini unutmagan Rustam Husanov farzandini moddiy qo‘llab-quvvatlagan holda,  bir nafar farzandi uchun qariyib 370 million so‘mlik aliment pulini biryo‘la to‘lab berdi. 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2020-yil 12-avgustdagi qaroriga muvofiq qarzdor Rustam Husanovdan sobiq turmush o‘rtog‘i Fotima Qilichovaning foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment to‘lovi undirib berildi, notarius tomonidan hujjatlashtirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aliment to‘lamagan 11 nafar ota qamoqqa olingani va 5 nafar bolaga aliment to‘lashdan bosh tortgan otaga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика