1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oyoqyalang yurishning salomatlik uchun foydalari

Issiq havoda oyoq terlashini kamaytirish uchun yalangoyoq yurish tavsiya etiladi.

Oyoqyalang yurishning salomatlik uchun foydalari

Odatda barchamiz poyabzalda yurishga odatlanganmiz. Chunki u qulay va xavfsiz bo‘lgani bois oyoqlarni infeksiya va shikastlanishdan asraydi. Biroq mutaxassislar sog‘lom bo‘lish uchun tez-tez oyoqyalang yurishni tavsiya etadi.

 

Quyida yalangoyoq yurishning 6 ta eng muhim foydasi haqida maʼlumot beramiz.

 

1-foyda. Oyoqlar terisida boshqa joylarga qaraganda ko‘pgina sezgi retseptorlari joylashgan. Ayniqsa, tovonda ichki organlar faoliyatiga javob beruvchi reflekslar bo‘lib, bu mashg‘ulot tufayli tana aʼzolari, xususan, miya faoliyati yaxshilanadi.

 

2-foyda. Yalangoyoq yurganda teri yerda hosil bo‘luvchi manfiy ionlar deb ataluvchi zaryadlangan zarralar bilan aloqada bo‘ladi. Bu ionlar esa tanadagi ijobiy zaryadlangan erkin radikallarni muvozanatlashga yordam berib, yallig‘lanishlar va surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi hamda organizmning umumiy holatiga ijobiy taʼsir etadi.

 

3-foyda. Ushbu mashg‘ulot oyoqlardagi ko‘plab mayda nervlarning faollashishiga olib keladi. Bu esa qon aylanishini yaxshilab, immunitetni oshirish va stressni kamaytirishga yordam beradi.

 

4-foyda. Yalangoyoq yurishning yana bir foydasi shuki, u oyoq mushaklarini kuchaytirib, valgus deformatsiyasi, yassioyoqlik kabi ko‘pgina ortopedik kasalliklarning oldini olishda asqatadi.

 

5-foyda. Tez-tez yalangoyoq yurish natijasida uyqu yaxshilanib, organizmdagi og‘riqli hislar kamayadi. Hatto, 30-40 daqiqalik bunday mashg‘ulot bilan stressni yengillatish, qon aylanishini yaxshilash mumkin. Shu bilan birga, u yuqori nafas yo‘llari infeksiyalarining oldini olishda ham anchagina foydali.

 

6-foyda. Yozda issiq qum yoki tuproq ustida yalangoyoq harakatlanish orqali oyoqlarda paydo bo‘ladigan zamburug‘larga qarshi faol kurashish mumkin. Ayniqsa, issiq havoda oyoq terlashini kamaytirish va yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish uchun ham yalangoyoq yurish tavsiya etiladi.

 

Qandli diabetga chalingan va oyoqlarda yoriqlar, kesmalar paydo bo‘lish xavfi bor insonlarga bu mashg‘ulot tavsiya etilmaydi. Shuningdek, yer yuzasi sovuq bo‘lishi mumkinligi sababli surunkali buyrak xastaligi, revmatizm va podagra kabi kasalliklardan aziyat chekuvchi insonlarga ham poyabzalsiz yurish mumkin emas.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика