1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ozarbayjon Markaziy Osiyoni G‘arb bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan yagona ishonchli davlatdir — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti mamlakatining Markaziy Osiyo bilan G‘arb o‘rtasidagi aloqadagi roli haqida gapirdi.

Ozarbayjon Markaziy Osiyoni G‘arb bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan yagona ishonchli davlatdir — Ilhom Aliyev

 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 5 yanvar kuni mahalliy telekanallarga bergan intervyusida mamlakatining Markaziy Osiyo bilan G‘arb o‘rtasidagi aloqadagi rolini taʼkidladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon integratsiyasi, shuningdek C5 mintaqasining C6 yo‘nalishiga aylanishi, nafaqat mintaqa, balki butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega.

 

“Transport, logistika va aloqa yo‘nalishlari ko‘plab yetakchi xalqaro aktyorlar uchun markaziy ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyoni G‘arb bilan bog‘lashga qodir yagona ishonchli mamlakat Ozarbayjondir”, – dedi Ilhom Aliyev.

 

Prezident shuningdek, geografik jihatdan boshqa yo‘nalishlardan foydalanish mumkinligini tan olgan, biroq hozirgi geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, G‘arb uchun muqobil yo‘nalishlarni maqbul deb hisoblash qiyinligini qayd etdi. Shu sababli, Ozarbayjonning tirik ko‘prik va ishonchli sherik sifatidagi roli ortib borayotgani, yirik loyihalarni amalga oshirish salohiyatini amalda ko‘rsatib kelayotgani taʼkidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика