1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekiston — Yaponiya o‘yiniga muxlislar kiritilmaydi

Bunga O‘zbekiston — Iroq o‘yinidagi tartibsizlik sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston — Yaponiya o‘yiniga muxlislar kiritilmaydi

 

Osiyo futboli konfederatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasidagi O‘zbekiston — Iroq uchrashuvida yuz bergan voqealar yuzasidan qaror chiqardi.

 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston — Iroq U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda bosh hakam tomonidan darvozaboni Abduvohid Neʼmatov maydondan chetlatilganidan so‘ng, stadiondagi tomoshabinlar tomonidan maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgan. Oqibatda, o‘yin bir necha daqiqaga to‘xtab qolgan. 

 

OFK Tartib-intizom qo‘mitasi yuzaga kelgan vaziyatlarni o‘rganib chiqib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Abduvohid Neʼmatovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va 500 dollar jarima intizom chorasini qo‘llash, O‘zbekiston terma jamoasining yarim final doirasida Yaponiyaga qarshi uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish hamda O‘FAga 50 ming dollar jarima intizom chorasini qo‘llash yuzasidan qaror chiqardi.

 

Shuningdek, Tartib-intizom qaroriga ko‘ra, yarim final doirasidagi bahsda 500 nafargacha yaponiyalik futbol ishqibozlarini uchrashuvga kirishiga ruxsat berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика