1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston gender tenglik bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchi markaziga aylanmoqda

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston gender tenglik bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchi markaziga aylanmoqda

 

Bugun, 12-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda va ayollar huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi yo‘nalishlarni belgilaydi.

 

O‘zbekiston so‘nggi yillarda amalga oshirgan keng qamrovli islohotlar orqali mintaqada gender tenglik bo‘yicha yetakchi davlat sifatida tanildi:

  • 2030-yilga qadar gender tenglik strategiyasi qabul qilindi;
  • Minglab xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilindi;
  • Oliy ta’limda qizlar uchun kvotalar kengaytirildi;
  • Zo‘ravonlikka qarshi huquqiy himoya tizimi mustahkamlandi.

 

Tadbir yakunida qabul qilinadigan Markaziy Osiyo ayollari Deklaratsiyasi mintaqada gender tenglik bo‘yicha kelgusidagi aniq yo‘l xaritasini belgilaydi. Shu bilan birga, O‘zbekiston tadbir mezboni sifatida ayollar salohiyatini qadrlaydigan va ularga ishonadigan davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика