1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda -1 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilyapti

“O‘zgidromet” oktyabr oyi uchun ob-havo prognozini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda -1 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilyapti

 

“O‘zgidromet” oktyabr oyida respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

 

Bu yil oktyabr oyining birinchi besh kunligi quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi, kunduz kunlari quyosh nurlari havoni 22-25 darajagacha isitadi. Faqat kechasi va ertalab havo harorati 10-13 darajagacha ancha salqin bo‘ladi. Keyinchalik oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha ob-havo sharoitida keskin o‘zgarishlar kutilmaydi.

 

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda hududning katta qismida harorat kechalari 8-13 daraja iliqdan 0-5 darajagacha iliq, kunduz kunlari 18-23 daraja iliqdan 10-15 darajagacha iliq bo‘lib o‘zgarib turishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda 0-1 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

 

Umuman, harorat tartibiga ko‘ra, oktyabr oyi me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga kam, yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

 

Iqlimiy me’yorlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Janubiy viloyatlarida yog‘ingarchilik oktyabr oyida 3 kundan 5 kungacha, qolgan hududlarda esa 5 kundan 7 kungacha bo‘lishi mumkin. Oktyabr oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, ammo havoga keskin sovuq kuzatilishida yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.

 

Tungi havo haroratining o‘rtacha yillik qiymati 6-11 darajani tashkil etadi, lekin ko‘pincha oktyabrda, ayniqsa, oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi. Oktyabr oyida kunduzgi harorat odatda 23-28 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика