1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi

IIBB bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekistonda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB poytaxtda so‘nggi kunlarda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘lganidan fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

 

“So‘nggi kunlarda Toshkent shahri hududida, fuqarolarga telefon orqali o‘zini “tergovchi” deb tanishtirib, ularga farzandi yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirganlik holatlari aniqlanmoqda.

 

Hurmatli fuqarolar! Agar sizlarga nomaʼlum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi bo‘lganligini aytib, aldov yo‘li bilan pul talab qilsa, ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling”, — deyiladi IIBB xabarida

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика