1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ilmiy laboratoriyalar uchun sun’iy intellektga asoslangan yagona platforma ishga tushiriladi

Yangi tizim ilmiy infratuzilmalarni markazlashgan holda boshqarish va tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda ilmiy laboratoriyalar uchun sun’iy intellektga asoslangan yagona platforma ishga tushiriladi

 


O‘zbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sun’iy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasini joriy etish rejalashtirilmoqda. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu loyiha mamlakatdagi barcha ilmiy-tadqiqot infratuzilmalari haqidagi ma’lumotlarni yagona markazlashgan axborot resursida jamlash imkonini beradi.


Platforma orqali ilm-fan va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda mavjud ilmiy infratuzilmalardan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi, prognozlanadi va optimallashtiriladi. Bu jarayonlarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilishi natijasida vaqt va moliyaviy resurslarni tejashga erishilishi kutilmoqda.


Mutaxassislar fikricha, mazkur platforma ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, takroriy xarajatlarni kamaytirish hamda respublikaning turli hududlarida joylashgan ilmiy laboratoriyalar imkoniyatlaridan to‘liq va maqsadli foydalanishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tizim ilm-fan sohasida ochiqlik, shaffoflik va hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytiradi.


Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilayotgan ushbu platforma O‘zbekistonda ilm-fanning raqamli kelajagini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. Loyihani joriy yilning dekabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика