1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda juda tez pishadigan qovun navi yaratildi

Unga “Zarhal” deb nom berilgan.

O‘zbekistonda juda tez pishadigan qovun navi yaratildi

 

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksioner olimlari yangi qovun navini ixtiro qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy telegram kanalida xabar berildi.


Qayd etilishicha, “Zarhal” nomi berilgan ushbu duragay faqat issiqxonada yetishtiriladi. Uni o‘ta ertapishar toifaga kiritish mumkin. Qovun 72-78 kun davomida o‘sadi. Uning palagi baquvvat, sershox, bargi esa, keng, qalin, to‘q yashil rangli, qirqimlidir.


Hosili sharsimon, o‘rtacha kattalikda bo‘lib, og‘irligi atigi 0,8-1,5 kilogramm keladi. Yuzasi esa tekis, sariq rangda. Ustida yashil rangli chiziqlar tortilgan. Ichki qismi oqish, xo‘shbo‘y hidli.


Mazkur nav kasalliklarga chidamli hisoblanadi. Tarkibidagi quruq modda miqdori 13,5-14,5 foizni tashkil etsa, qand miqdori 12-13 foizdangina iborat.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика