1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni keskin kamaydi

Yarim yil davomida tug‘ilganlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatida qayd etilgan.

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni keskin kamaydi

 

Joriy yilning dastlabki 6 oyida tug‘ilgan chaqaloqlar soni 2023-yilning mos davridagidan 14 700 nafarga kam bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi aholining demografik holatiga doir bergan ma’lumotlarda keltirilgan.

 

O‘zbekistonda 2024-yil yanvar–iyun oylarida tirik tug‘ilganlar soni 419,9 ming kishini tashkil etdi (2023-yil mos davrida 434,6 ming bola tug‘ilgan). Shundan o‘g‘il bolalar soni 218,1 ming nafar, qiz bolalar 201,8 ming nafar bo‘lgan.

 

Agentlik tahliliga ko‘ra, tirik tug‘ilganlar soni shaharlarda 212,3 ming kishini, qishloqlarda 207,6 ming kishini tashkil etgan. Yarim yil davomida eng ko‘p tug‘ilishlar may oyida yuz bergan bo‘lib, bir oy ichida 38 026 nafar o‘g‘il bola, 34 865 nafar qizlar dunyoga kelgan. Yanvar–iyun oylarida jami chaqaloqlarning 97,7 foizi 1 nafar, 2,2 foizi 2 nafar tug‘ilgan.

 

Olti oy davomida tug‘ilgan chaqaloqlardan 9,9 foizining otasi 25 yoshgacha, 82,9 foiziniki 25–39 yoshlarga hamda 7,2 foizining otalari 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Tug‘ilgan bolalardan 37,4 foizining onasi 25 yoshgacha, 61,3 foiziniki 25–39 yoshlar,1,3 foiziniki 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lgan.

 

Yarim yil davomida tug‘ilganlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatida qayd etildi —50 360 nafar (jami tug‘ilganlarning 12 foizi). Shu bilan birga, Farg‘ona (47 004 bola), Qashqadaryo (43 909), Andijon (38 482) va Surxondaryo (37 663 ) viloyatlarida tug‘ilishlar soni nisbatan yuqori bo‘ldi. Tug‘ilganlar sonining eng kam ulushi Sirdaryo viloyatida kuzatildi — 10 414 nafar (jami tug‘ilganlarning 2,5 foizi). O‘z navbatida Navoiy (12 365), Jizzax (18 619), Xorazm (18 708) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda (18 969) tug‘ilishlar boshqa hududlarga qaraganda sezilarli kam.

 

Respublikada o‘tgan yillarning yanvar–iyun oylarida tug‘ilgan chaqaloqlar soni quyidagicha bo‘lgan:

2015 yil — 311,7 ming nafar;

2016 yil — 317,9 ming nafar;

2017 yil — 311,8 min nafar;

2018 yil — 324,3 ming nafar;

2019 yil — 347,3 ming nafar;

2020 yil — 365,6 ming nafar;

2021 yil — 390,7 ming nafar;

2022 yil — 413,6 ming nafar;

2023 yil — 434,6 ming nafar;

2024 yil — 419,9 ming nafar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика