O‘zbekistonda aholining sartaroshxona va go‘zallik salonlariga sarflagan mablag‘lari hajmi sezilarli oshdi. Joriy davrda bu yo‘nalishdagi umumiy xarajatlar 10,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga ko‘p.
Hududlar kesimida eng yuqori xarajat Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxt aholisi go‘zallik xizmatlariga jami 1,7 trillion so‘m sarflagan bo‘lib, bu respublika bo‘yicha yetakchi natija hisoblanadi.
Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (1,41 trillion so‘m), Samarqand viloyati (1,30 trillion so‘m) va Toshkent viloyati (1,05 trillion so‘m) joylashgan. Mutaxassislar bu holatni aholining daromadlari oshib borayotgani hamda go‘zallik va parvarishga bo‘lgan talab kuchayayotgani bilan izohlamoqda.


