Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “Paxta terimi uchun yangi to‘lov narxlari eʼlon qilindi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
"Paxta terimi uchun to‘lov narxlari har yili mavsum boshlanishi munosabati bilan, muayyan bir muddatda belgilanadi va bozor tamoyillarini hisobga olgan holda hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Terimning har bir turi uchun alohida summa belgilanadi, so‘ng barcha OAV orqali eʼlon qilinadi.
Ayni kunlarda paxta terimiga narx belgilash bo‘yicha ishlar vazirliklar bilan kelishuv jarayonida. Bunda uning birinchi va ikkinchi terimi uchun (navlarini hisobga olib) qancha narx belgilanishi aniq ko‘rsatiladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirgi tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — deyiladi vazirlik munosabatida.


