Xitoy Turkmaniston bilan energetik hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I turkmanistonlik hamkasbi Rashid Meredev bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
"Energetikadagi hamkorlik Xitoy-Turkmaniston strategik munosabatlarining muhim qismi xisoblanadi", — degan Van I.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro vaziyat qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar, XXR Ashxobod bilan energetik hamkorligini kengaytiradi.
“Biz turkman tomoni bilan hamkorlik masshtabini kengaytirishga, barcha ishlab chiqarish zanjirlari bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyormiz”, – deb qayd etgan diplomat.
Xitoy TIVning maʼlum qilishicha, tomonlar, shuningdek, xomashyodan tashqari bo‘lgan sohalarda ham aloqalarni kuchaytirishga tayyorligini bildirgan.
Vladimir Norov Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan vazirlar uchrashuvida qatnashishi xabar qilingandi.


