1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Peskov Shols va Makron Putinga qo'ng'iroq qilmay qo'yganidan nolidi

RF Prezidentining matbuot kotibi Rossiya har qanday aloqalar uchun ochiqligini ma’lum qildi.

Peskov Shols va Makron Putinga qo'ng'iroq qilmay qo'yganidan nolidi

 

Fransiya va Germaniya yetakchilari Vladimir Putin bilan uzoq vaqtdan beri aloqaga chiqmay qo'ydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov  ma’lum qildi.

 

"Biz Shols va Makronning ko'plab bayonotlarini eshitdik, ular vaziyatdan chiqishning ba'zi yo'llarini izlash uchun Putin bilan muloqotda davom etishlarini aytdilar. Biroq so'nggi paytlarda hech qanday tashabbus bo'lmadi. Makronning Putinga qoʻngʻiroq qilishga va gaplashishga tayyorligi haqidagi bayonotlarini 5-6 marta eshitdik, ammo bunday suhbat uchun hech qanday soʻrov, yoʻnalish yoki mumkin boʻlgan shartlar ishlab chiqilmagan”, — dedi u.

 

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin Rossiyaga u yoki bu tarzda o‘z maqsadlariga erishishga yordam beradigan har qanday aloqalarga ochiq.

 

“Tinch yoʻl bilan muzokaralar stolida oʻtirgani maʼqul, ammo buning iloji boʻlmayapti”— dedi Peskov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика