Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Yevropa Ittifoqining strategik hujjatlariga ko‘ra, a’zo davlatlar 2029-yilgacha jangovar shaylikka erishishi lozimligini ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, bu 2030-yilda Yevropa va Rossiya o‘rtasida ehtimoliy harbiy to‘qnashuvga tayyorgarlik belgisi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Siyarto shuningdek, kelgusi davrda butun qit’aning harbiy va siyosiy jihatdan nisbatan xavfli davrga kirish ehtimoli mavjudligini ta’kidladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari ushbu strategik choralarni o‘z xavfsizligini ta’minlash va hududiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirmoqda.


