1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Piyoda yurish erta o‘lim xavfini 10 foizga kamaytiradi

Olimlar bu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Piyoda yurish erta o‘lim xavfini 10 foizga kamaytiradi

 

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari kuniga 11 daqiqa davomida o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik insonlarda erta o‘lim xavfini 10 foizga kamaytirishini aniqladi.

 

Buning uchun mazkur yo‘nalishda o‘tkazilgan 196 ta tadqiqot natijalari o‘rganib chiqildi. Yakunda haftasiga 75 daqiqa piyoda yurish o‘lim xavfini 10 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini 5 foizga pasaytirishi maʼlum bo‘ldi.

 

Shuningdek, yuqoridagi davomiylikda yayov yurganlar saraton xastaligiga chalinish xavfidan 3 foiz ko‘proq himoyalanadi, degan xulosaga kelindi.

 

Tadqiqotchilarning tavsiya qilishicha, ishxona, maktab, kollej va universitetlarga piyoda yoki velosipedda borishni odat qilish lozim. Qolaversa, kundalik hayot tarziga o‘zimizga yoqadigan jismoniy mashg‘ulotlarni kiritish katta samara beradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика