1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokiston-Afg‘oniston muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Muzokaralarda “Tolibon” asosiy masalalardan chetga chiqib ketgan.

Pokiston-Afg‘oniston muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan to‘rt kunlik Pokiston-Afg‘oniston muzokaralari hech qanday kelishuvsiz tugadi. Bu haqida Pokiston hukumati maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Turkiya va Qatar vositachiligida o‘tkazilgan muzokaralar Pokiston-Afg‘oniston chegara hududidagi jangarilar faoliyatiga barham berish uchun kafolat olishda samara bermagan.

 

Pokiston axborot vaziri Attaulla Tararning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan “Tolibon” asosiy masalalardan chetga chiqib ketgan, oqibatda muzokaralar amaliy yechim bermagan.

 

Mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlik Islomobod Kobuldan Afg‘oniston “Toliboni” bilan aloqador “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” (Pokistonlik toliblar) radikal qurolli guruhiga qarshi chora ko‘rishni talab qilganidan so‘ng kuchaygandi. Ikki davlat chegarasida to‘qnashuvlar faollashgan, Pokiston aviatsiyasi Kobuldagi nishonlarga zarbalar bergandi. To‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab insonlar qurbon bo‘lgan edi.

 

19 oktyabr kuni Qatarda Pokiston hukumati va “Tolibon” o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitim imzolagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика