1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokiston afg‘onlarni ommaviy deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

Boshqa noqonuniy muhojirlar ham mamlakatdan chiqazib yuboriladi.

Pokiston afg‘onlarni ommaviy deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

 

Pokiston hukumati barcha noqonuniy muhojirlarni, jumladan, qo‘shni Afg‘onistonning 1,7 million fuqarosini deportatsiya qilish rejasini eʼlon qildi. 

 

Shunday qilib, haqiqiy hujjati bo‘lmagan fuqarolar 31 oktyabrgacha mamlakatni tark etishlari kerak, aks holda ular hibsga olinadi va majburan deportatsiya qilinadi.

 

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Mumtoz Zahra Baloch bu siyosat faqat SSSR qo‘shinlarining bostirib kirishi va hokimiyat tepasiga kelishi chog‘ida mamlakatga ommaviy ravishda kirib kelgan afg‘onlarga qarshi emas, balki barcha qochqinlarga qarshi qaratilganini taʼkidladi.

 

Xalqaro Amnistiya tashkiloti Pokistondan afg‘onlarga mamlakatda yashashni davom ettirishga ruxsat berishni so‘radi va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning vakili bu siyosatdan xavotir bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика