1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokistonni qalin zaharli tutun qopladi

U millionlab odamlarning sog‘lig‘iga tahdid solmoqda.

Pokistonni qalin zaharli tutun qopladi

Pokistonning sharqiy hududlari, xususan, 127 million aholi istiqomat qiluvchi Panjob provinsiyasini ko‘mir elektr stansiyalari va dalalarda yonayotgan o‘tlardan chiqadigan zaharli tutun qamrab olgan.

 

Mintaqada havo sifati yomonlashgani sababli rasmiylar maktablar va jamoat joylarini yopishga majbur bo‘ldi. 

 

Panjob poytaxti, mamlakatning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Lahor o‘tgan oy dunyodagi eng ifloslangan shaharlardan biri deb topilgan edi. 

 

Ekologik vaziyat yomonlashishda davom etmoqda va bu mahalliy aholi va hokimiyat vakillarini jiddiy tashvishga solmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика