Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Prezident hamda ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1 iyundan boshlanishini e’lon qildi.
Hujjatlar qabuli 20 iyunga qadar davom etib, onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan o‘quvchilar 5-sinfga, ijod maktablariga esa 6-sinfni tugatgan o‘quvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.
Talabgorlardan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi hamda baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). talab etiladi.


