Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Rossiyada prezidentlik saylovlarini “vaqtinchalik” bekor qilishni taklif qilmoqda.
Bu haqda u 7 oktyabr kuni Grozniyda Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan mitingda aytgan.
"Men hozirgi vaziyatda saylovda bitta nomzod - Vladimir Putin bo‘lishi haqida qaror qabul qilishni yoki saylovlarni vaqtincha bekor qilishni taklif qilaman", dedi u.
U shuningdek, Rossiya prezidenti lavozimida boshqa odamni ko‘rmasligini ham qo‘shimcha qildi.
Qodirov yana bir bor Rossiyaning barcha muammolari Yevropa Ittifoqi va NATOga bog‘liq ekani taʼkidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlik saylovlari 2024 yil 17 martda bo‘lib o‘tishi kerak.


