1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumentiga gul qo‘ydi

Marosimda vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumentiga gul qo‘ydi

 

Mustaqillik monumenti davlatimiz ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqimizning ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo‘ydi.

 

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, monument poyiga gullar qo‘ydi.

 

Bu mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlaridan biridir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика