1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Binali Yildirim bilan uchrashuvda turkiy hamkorlikni chuqurlashtirish va madaniy birlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Prezident Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni multimodal tashuvlar bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Kengashning ko‘p tomonlama tashabbuslarni muvofiqlashtirish va ilgari surishdagi o‘rni hamda faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Joriy yilda Budapesht va Gabala shaharlarida o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan strategik takliflarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Prezidentimiz Oqsoqollar kengashining institutsional salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, turkiy xalqlarning milliy an’analari, ma’naviy merosi va madaniy birligini saqlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ilgari surish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика