1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident Turkiyada Vengriya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Prezident Turkiyada Vengriya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Bosh vazir va do‘st venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutladi.

 

Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidani ham fikr almashildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика