1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin katta ehtimol bilan “Katta yigirmatalik” sammitiga bormaydi

Uning o‘rniga kim Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilishi ochiqlandi.

Putin katta ehtimol bilan “Katta yigirmatalik” sammitiga bormaydi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G20‘ning Indoneziyadagi sammitiga bormaydi. Bu haqda “Vedomosti” gazetasi xabar berdi.

 

Gazeta manbalariga ko‘ra, hozirda Putinning tashrifiga Balida faol tayyorgarlik ko‘rilmayapti. Uning o‘rniga TIV rahbari Sergey Lavrov borishi kutilyapti.

 

Balidagi “katta yigirmatalik” sammiti 15-16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tali. Bu Rossiya-Ukraina harbiy mojarosidan keyin Balidadunyo yetakchilarining ilk yig‘ilishi bo‘ladi.

 

Putin sammitda ishtirok etish uchun rasman taklif olgan. Ammo bu bo‘yicha Kreml hamon rasmiy maʼlumot bermagan. Shu bilan birga aniq maʼlumot shu haftada berilishi aytilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика