1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin Suriya yetakchisini hududiy yaxlitlikni tiklayotgani bilan tabrikladi

Moskvada o‘tayotgan Rossiya–Suriya uchrashuvida o'zaro hamkorlik va harbiy masalalar muhokama qilinmoqda.

Putin Suriya yetakchisini hududiy yaxlitlikni tiklayotgani bilan tabrikladi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28-yanvar kuni Kreml saroyida Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuv o‘tkazib, uni mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash yo‘lidagi ijobiy siljishlar bilan tabrikladi. Putin Suriya hududlarini qayta birlashtirish jarayoni jadallashayotganini qayd etib, Rossiya ushbu yo‘nalishda Damashqni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi. Bu haqda A News xabar bermoqda.

 

“Biz Suriya hududiy yaxlitligini tiklash bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlaringizni diqqat bilan kuzatib kelmoqdamiz. Bu jarayon tobora tezlashayotganini ko‘rib, sizni tabriklamoqchiman”, dedi Putin. U Rossiya Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklash tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.

 

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Putin so‘nggi vaqtlarda savdo-iqtisodiy aloqalar “o‘lik nuqtadan siljiganini” va o‘sish qariyb 4 foizni tashkil etganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich kutilgan darajada katta bo‘lmasa-da, ijobiy tendensiyani saqlab qolish muhim.

 

Shu kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va ash-Sharaa Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi mavjudligi bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qilishini ma’lum qildi. Ahmad ash-Sharaaning bu Moskvaga so‘nggi to‘rt oy ichidagi ikkinchi tashrifi bo‘lib, avvalgi safar 2025-yil oktyabr oyida amalga oshirilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика