1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putinning reytingi tushib bormoqda

Eʼlon qilingan qisman safarbarlik bunga asosiy sababdir.

Putinning reytingi tushib bormoqda

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning reytingi qisman safarbarlik eʼlon qilinganidan keyin pasayishni boshladi. Kreml rahbari so‘nggi bir oy ichida 6% yo‘qotdi. O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, rossiyaliklarning 40 foizi Putinga ishonch bildirgan.

 

Oxirgi uch oy davomida respondentlarning 83 foizi uning lavozimdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, sentyabr oyida bu ko‘rsatkich 77 foizga tushib ketdi. Shu bilan birga, fuqarolarning beshdan bir qismi (21%) uning faoliyatini maʼqullamaydi.

 

Respondentlarning yana 27 foizi mamlakat noto‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda deb hisoblaydi.

 

Rossiyada hokimiyatning boshqa institutlariga, xususan, bosh vazirga bo‘lgan ishonch darajasi ham unchalik sezilarli bo‘lmasa-da, biroz pasaygan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика